{"id":916,"date":"2022-02-12T10:16:55","date_gmt":"2022-02-12T05:16:55","guid":{"rendered":"http:\/\/maktab.sirdaryoktrmhb.uz\/?page_id=916"},"modified":"2022-03-05T12:08:22","modified_gmt":"2022-03-05T07:08:22","slug":"yangi-ozb","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/?page_id=916","title":{"rendered":"Yangi O&#8217;zbekiston strategiyasi 2022-2026 yillar"},"content":{"rendered":"\n<div align=\"center\"><b style=\"color:blue;\"><a href=\"https:\/\/lex.uz\/uz\/docs\/-3107036#-3109146\" target=\"_blanc\" rel=\"noopener noreferrer\">O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING\nFARMONI<br>\n2022 \u2014 2026-YILLARGA MO\u2018LJALLANGAN YANGI O\u2018ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TO\u2018G\u2018RISIDA<\/a><\/b><\/div>\n<div align=\"justify\">Mamlakatimizni 2017 \u2014 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo\u2018nalishi bo\u2018yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o\u2018tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.\nShuningdek, inson huquqlarini ta\u2019minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo\u2018yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.\nMilliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta\u2019minlash bo\u2018yicha ta\u2019sirchan choralar ko\u2018rildi.\nFuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag\u2018allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo\u2018nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o\u2018rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta\u2019lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta\u2019minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko\u2018tarildi.\nSo\u2018nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O\u2018zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma\u2019rifiy asoslari yaratildi.\nJahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o\u2018tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda \u201cInson qadri uchun\u201d tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so\u2018zsiz ta\u2019minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilash maqsadida:\n1. Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida \u201cHarakatlar strategiyasidan \u2014 Taraqqiyot strategiyasi sari\u201d tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo\u2018nalishdan iborat 2022 \u2014 2026-yillarga mo\u2018ljallangan Yangi O\u2018zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi o\u2018rinlarda \u2014 Taraqqiyot strategiyasi) va uni \u201cInson qadrini ulug\u2018lash va faol mahalla yili\u201dda amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o\u2018rinlarda \u2014 Davlat dasturi) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:\ninson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;\nmamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;\nmilliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o\u2018sish sur\u2019atlarini ta\u2019minlash;\nadolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;\nma\u2019naviy taraqqiyotni ta\u2019minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;\nmilliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;\nmamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.\n2. Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini ulug\u2018lashga yo\u2018naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati bo\u2018yicha belgilangan vazifalar doirasida:\na) 2026-yilga qadar ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to\u2018liq qamrab olinsin.\nMoliya vazirligi (T. Ishmetov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag\u2018allikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxo\u2018jayev), Mahalla va oilani qo\u2018llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:\nijtimoiy himoya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;\nijtimoiy sug\u2018urta tizimini yaratish, jumladan ijtimoiy sug\u2018urta jamg\u2018armasini tashkil etish;\nkam ta\u2019minlangan oilalarga ijtimoiy yordam va xizmatlarni ijtimoiy shartnoma asosida taqdim etish;\n\u201cIjtimoiy himoya yagona reyestri\u201d axborot tizimida yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo\u2018lgan shaxslar bo\u2018yicha alohida ma\u2019lumotlar bazasini yaratish, jumladan \u201cTemir daftar\u201d, \u201cYoshlar daftari\u201d va \u201cAyollar daftari\u201dni \u201cIjtimoiy himoya yagona reyestri\u201d bilan integratsiya qilish;\nb) Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi va Xorazm viloyatida birinchi-to\u2018rtinchi sinf o\u2018quvchilarini Davlat budjeti mablag\u2018lari hisobidan bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan ta\u2019minlash yo\u2018lga qo\u2018yilsin.\nXalq ta\u2019limi vazirligi (B. Saidov) Sog\u2018liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) hamda Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2022-yil 1-apreldan boshlab birinchi-to\u2018rtinchi sinf o\u2018quvchilarini bepul ovqat bilan ta\u2019minlashni tashkil etish bo\u2018yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.\nBunda, loyihada ajratiladigan mablag\u2018lar sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini o\u2018rnatish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo\u2018yicha aniq mexanizmlar nazarda tutilsin;\nv) 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o\u2018n barobaridan o\u2018n ikki barobarigacha oshirilsin.\nMoliya vazirligi (T. Ishmetov) uch oy muddatda O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cFuqarolarning davlat pensiya ta\u2019minoti to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuniga quyidagi o\u2018zgartirishlar kiritilishini nazarda tutuvchi Qonun loyihasini kiritsin:\nayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash ta\u2019tilida bo\u2018lish vaqtining hammasini jamlaganda ish stajiga qo\u2018shib hisoblanadigan 3 yillik davrni 6 yilga oshirish;\nbolalikdan nogironligi bo\u2018lgan bolalarga 18 yoshgacha qaralgan davrni pensiya tayinlashda ish stajiga qo\u2018shib hisoblash.\n3. Mahallaning \u201cfaol\u201d modelini joriy etish, uni aholi muammolarini bevosita hal qilish hamda hududni rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan ta\u2019minlash maqsadida 2022-yilda:\nmahallalarda yangi institut sifatida joriy qilingan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta\u2019minlash va kambag\u2018allikni qisqartirish masalalari bo\u2018yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari faoliyati samarali yo\u2018lga qo\u2018yilsin;\nbarcha darajadagi rahbarlar mahallaga tushib, o\u2018z yo\u2018nalishi bo\u2018yicha muammolarni o\u2018rganishi va ularga yechim topishi tartibi joriy etilib, mahalladagi ishlarning holati vazirlik, idora va hokimliklar faoliyatini baholashning bosh mezoni sifatida belgilansin;\nmahalladan turib barcha davlat organlariga murojaat qilish va ularning rahbarlari bilan muloqot qilish tizimi yaratilib, davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada ko\u2018rsatish, shu jumladan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali aloqalarni yo\u2018lga qo\u2018yish orqali mahallalarning xalq oldidagi nufuzi oshirilsin;\nmahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlarining vakolatlari qayta ko\u2018rib chiqilib, moliyaviy imkoniyatlari kengaytirilsin;\nmahallalarning \u201co\u2018sish nuqtalari\u201d va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularda istiqomat qilib, faoliyat yurituvchi aholini davlat tomonidan qo\u2018llab-quvvatlash tizimi samaradorligi oshirilsin;\nmahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka ko\u2018maklashish va o\u2018qitish markazlari, tadbirkorlik obyektlari kabi infratuzilmani yaratish bo\u2018yicha chora-tadbirlar amalga oshirilsin;\nmahallani joylardagi vakillik organlari bilan doimiy aloqalarining huquqiy asoslarini yaratish, shu jumladan mahalla raisi tomonidan mahalliy Kengash majlisida ko\u2018rilishi majburiy bo\u2018lgan masalalarni kiritishning samarali mexanizmlari yo\u2018lga qo\u2018yilsin;\nfuqarolar tomonidan mahalla raisiga nisbatan ishonchsizlik bildirish instituti joriy etilsin.\nMahalla va oilani qo\u2018llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag\u2018allikni qisqartirish vazirligi (M. Ubaydullayev) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda keng jamoatchilik, shu jumladan mahalla tizimida ko\u2018p yillik ish stajiga ega xodimlarni jalb qilgan holda mahalla faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi va yangilangan \u201cFuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.\n4. Taraqqiyot strategiyasida ta\u2019lim sifatini oshirish bo\u2018yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda:\na) 1-apreldan boshlab nodavlat maktabgacha ta\u2019lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so\u2018mgacha bo\u2018lgan to\u2018lovlari daromad solig\u2018idan ozod etilsin.\nMoliya vazirligi (T. Ishmetov) Davlat soliq qo\u2018mitasi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda ikki oy muddatda Soliq kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga tegishli o\u2018zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;\nb) o\u2018rta ta\u2019lim tizimini zamon talablariga moslashtirish maqsadida:\numumiy o\u2018rta ta\u2019lim muassasalarida darsliklarni yangilash dasturini amalga oshirish uchun Davlat budjetidan 605 mlrd so\u2018m ajratilsin;\n141 mingta yangi o\u2018quv o\u2018rinlari yaratilsin va ularning soni 2026-yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha yetkazilsin.\nXalq ta\u2019limi vazirligi (B. Saidov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yangi o\u2018quv o\u2018rinlarini yaratish va maktab o\u2018quvchilarini kasb-hunarga o\u2018qitish bo\u2018yicha choralarni ko\u2018rib borsin.\n5. Taraqqiyot strategiyasida aholi salomatligini ta\u2019minlash bo\u2018yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda:\na) hududlarda birlamchi tibbiy xizmatini \u201cbir qadam\u201d tamoyili asosida yo\u2018lga qo\u2018yib, 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika tashkil etilsin.\nSog\u2018liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda tegishli qurilish ishlarini 2022-yil yakuniga qadar yakunlash bo\u2018yicha amaliy choralarni ko\u2018rsin;\nb) Sog\u2018liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda ikki oy muddatda xususiy tibbiyot tashkilotlarida Davlat budjeti hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolashga yo\u2018llashning elektron axborot tizimi orqali ularga bepul tibbiy xizmatlarni ko\u2018rsatish mexanizmi joriy qilinishini ta\u2019minlasin.\n6. Xalq ta\u2019limi vazirligi (B. Saidov) va Sog\u2018liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Prezident ta\u2019lim muassasalari agentligi hamda Ta\u2019lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar:\n2022-yilda iqtidorli o\u2018qituvchi va shifokorlarning ish haqlarini malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda oshirish;\nxalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda o\u2018qituvchi va shifokorlarga malaka toifalarini berish tartibi tubdan qayta ko\u2018rib chiqilishini ta\u2019minlasin hamda malakani baholash uslubiyoti asosida adolatli va shaffof tizimni joriy etish bo\u2018yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.\n7. Taraqqiyot strategiyasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o\u2018sish sur\u2019atlarini ta\u2019minlash bo\u2018yicha belgilangan vazifalar doirasida:\na) 2022-yilda yillik inflatsiya darajasini 9 foizgacha va 2023-yilda 5 foiz hamda fiskal taqchillikni 3 foizgacha pasaytirish choralari ko\u2018rilib, keyinchalik inflatsiya va Davlat budjeti taqchilligi ushbu ko\u2018rsatkichdan oshmasligi ta\u2019minlab borilsin.\nBunda, davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushi 60 foizgacha chiqarilsin.\nVazirlar Mahkamasi (J. Qo\u2018chqorov) Markaziy bank (M. Nurmuratov) bilan birgalikda iqtisodiyotning yuqori o\u2018sish sur\u2019atlarini saqlab qolish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta\u2019minlash bo\u2018yicha amaliy choralarni doimiy ravishda ko\u2018rib borsin;\nb) 2023-yildan qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018i stavkasi 12 foizgacha hamda bank, moliya va telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik yo\u2018nalishlarida foyda solig\u2018i stavkasi 15 foizgacha tushirilsin.\nMoliya vazirligi (T. Ishmetov) Davlat soliq qo\u2018mitasi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar O\u2018zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;\nv) \u201cYashil iqtisodiyot\u201d texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish orqali 2026-yilga qadar iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish va havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini 20 foizga qisqartirish choralari ko\u2018rilsin.\nUshbu ko\u2018rsatkichlarga erishish maqsadida quyidagi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin:\nEnergetika vazirligi (A. Sultanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov) 2022-yil 1-martga qadar \u2014 qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va qo\u2018llab-quvvatlash hamda ijtimoiy, tijorat va ma\u2019muriy-maishiy bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish dasturlari;\nIqtisodiy taraqqiyot va kambag\u2018allikni qisqartirish vazirligi (B. Abdinazarov), Energetika vazirligi (A. Sultanov) 2022-yil 1-iyunga qadar \u2014 sanoat tarmoqlarida yo\u2018qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish bo\u2018yicha \u201cyashil iqtisodiyot\u201dga o\u2018tish va energiya tejamkorligini ta\u2019minlash dasturi hamda elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni rag\u2018batlantirish tizimini yaratish bo\u2018yicha qaror.\n8. Qoraqalpog\u2018iston Respublikasining Mo\u2018ynoq tumani uchun maxsus soliq stavkalarini o\u2018rnatish tajribasi asosida sharoiti \u201cog\u2018ir\u201d bo\u2018lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo\u2018shimcha qulayliklar yaratish ishlari davom ettirilsin.\nMoliya vazirligi (T. Ishmetov) Davlat soliq qo\u2018mitasi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda 2022-yil 1-oktabrga qadar sharoiti \u201cog\u2018ir\u201d bo\u2018lgan hududlarda 2025-yil 1-yanvargacha yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlariga aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz stavkada hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig\u2018i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlari hisoblangan summadan 1 foiz stavkada to\u2018lash tizimini joriy etish bo\u2018yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.\n9. 2022-yildan boshlab bosqichma-bosqich tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarni yagona elektron reyestrga kiritish tartibi joriy etilsin hamda takrorlanuvchi va o\u2018z ahamiyatini yo\u2018qotgan majburiy talablar qayta ko\u2018rib chiqilib, yagona reyestr 2025-yil 1-iyuldan boshlab to\u2018liq ishga tushirilsin.\nAdliya vazirligi (R. Davletov) Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo\u2018yicha vakil (D. Qosimov) va Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) bilan birgalikda uch oy muddatda tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni xatlovdan o\u2018tkazib, ularni qayta ko\u2018rib chiqish va tegishli yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha yagona reyestrga kiritish hamda ushbu reyestrni 2025-yilga qadar to\u2018liq ishga tushirish yuzasidan takliflarni O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.\n10. 2022-yil 1-aprelga qadar tadbirkorlik subyektlarida masofaviy (onlayn) faoliyat ko\u2018rsatish imkoniyatlarining mavjudligidan hamda ularning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni olish tartib-taomillari quyidagilarni inobatga olgan holda soddalashtirilsin:\nayrim faoliyat turlariga faqat malakaviy talablarni belgilash orqali bino va inshoot, xona, asbob-uskuna, texnika vositalari, boshqa jihozlar hamda ularga bo\u2018lgan shartlarni bekor qilish;\nfaoliyat yo\u2018nalishidagi ehtiyojdan kelib chiqib mutaxassisni tanlash huquqini berish orqali shtatida mavjud bo\u2018lishi shart bo\u2018lgan xodimlarga bo\u2018lgan talablarni qayta ko\u2018rib chiqish;\nmuayyan faoliyat bilan ko\u2018chma tartibda, shu jumladan avtotransport vositalaridan foydalangan holda shug\u2018ullanish imkoniyatini yaratish;\nxizmat ko\u2018rsatish mamlakat hududidan tashqarisida amalga oshirilishi sababli xorijdan kelgan buyurtmalar bo\u2018yicha milliy standart va talablarni bekor qilish;\n\u201cbog\u2018lovchi-operator\u201d sifatida masofaviy xizmatni ko\u2018rsatishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari (agregatorlar) faoliyatiga doir maxsus shartlarni belgilash orqali ayrim litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni olish bo\u2018yicha talablarni bekor qilish.\nAdliya vazirligi (R. Davletov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda litsenziya va ruxsat etuvchi hujjatlar talablarining mazkur bandga muvofiq qayta ko\u2018rib chiqilishini ta\u2019minlasin.\n11. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektor uchun keng yo\u2018l ochish maqsadida eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish hisobiga 25 dan ortiq faoliyat turi bo\u2018yicha monopoliyalar tugatilsin:\n2022-yilda \u2014 14 ta, shu jumladan sertifikatlashtirish xizmatlari;\n2023 \u2014 2025-yillarda \u2014 11 ta, shu jumladan neft mahsulotlarini saqlash, temir yo\u2018llarda tashishda qo\u2018shimcha xizmatlarni ko\u2018rsatish, aerovokzal va vokzal oldi komplekslarini yuritish xizmatlari, temir yo\u2018lda ekspeditorlik xizmatlari.\n12. Taraqqiyot strategiyasida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo\u2018yicha belgilangan vazifalar doirasida hududlar bilan ishlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tartibi o\u2018rnatilsin:\n2022 \u2014 2026-yillarga mo\u2018ljallangan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo\u2018yicha dasturlar asosida har yili barcha tuman va shaharning muammo va imkoniyatlarini chuqur o\u2018rgangan holda hududlar kesimida taraqqiyot dasturlari ishlab chiqiladi;\nhar chorak yakuni bo\u2018yicha Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlaridagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan xalq deputatlari Kengashlariga, Bosh vazirning o\u2018rinbosarlari hamda vazirlik va idoralar rahbarlari esa Oliy Majlis palatalariga hisobot beradi;\nijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish va ustuvor tarmoqlarni rivojlantirishga yo\u2018naltirilgan muhim loyihalar barcha hududlarning talablari va mahalliy tashabbuskorlarning takliflarini inobatga olgan holda mahalliy jamoatchilik ishtirokida keng muhokama qilinganidan keyin qabul qilinadi.\nVazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2022 \u2014 2026-yillarga mo\u2018ljallangan respublikaning hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo\u2018yicha dasturlar loyihalarini tasdiqlasin.\n13. Davlat boshqaruvi organlarining \u201cDavlat \u2014 inson uchun\u201d tamoyili asosida hududiy masalalarni hal qilishdagi mas\u2019uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo\u2018nalishlarni rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish maqsadida:\nmahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta\u2019minlash va kambag\u2018allikni qisqartirish masalalari bo\u2018yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari tomonidan doimiy ravishda mahallani o\u2018rganish va tahlil qilish natijasiga ko\u2018ra ularni rivojlantirish bo\u2018yicha \u201cyo\u2018l xaritalari\u201dni ishlab chiqish amaliyoti yo\u2018lga qo\u2018yilsin;\nbarcha bo\u2018g\u2018indagi davlat boshqaruvi organlarining bir yillik ish dasturini, shu jumladan jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqish, ularning ijro holatini doimiy e\u2019lon qilib borish amaliyoti yo\u2018lga qo\u2018yilsin;\ndavlat organlarida murojaatlarni tahlil qilish, ijtimoiy so\u2018rovlar va jamoatchilik muhokamalarini o\u2018tkazish natijalaridan kelib chiqib, hududlar (tuman, shahar, qishloq va mahalla) kesimida o\u2018z tuzilmalarining faoliyati bo\u2018yicha dasturlar ishlab chiqilib, e\u2019lon qilib borilsin;\ndavlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning ijro etilishi jarayonini jamoatchilik tomonidan kuzatib borish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida muntazam e\u2019lon qilib borish tizimi yaratilsin;\nhar bir tarmoq va hudud bo\u2018yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan rahbarlarning hisobot berish tizimi yo\u2018lga qo\u2018yilsin.\nVazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda to\u2018rt oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan tizimni samarali yo\u2018lga qo\u2018yish yuzasidan qaror loyihasini kiritsin.\n14. Davlat xizmatlari qamrovi va tezkorligini oshirish, ularning ko\u2018rsatilishida aholining barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olinishini ta\u2019minlash maqsadida 2022-yilda:\nfuqarolarga hujjatlarni berish va almashtirishda, shuningdek o\u2018zaro bog\u2018liq davlat xizmatlarini murojaatni kutmasdan taklif etish amaliyoti yo\u2018lga qo\u2018yilsin;\n\u201cFuqarolarning raqamli pasporti\u201d loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan tug\u2018ilganlik to\u2018g\u2018risida va haydovchilik guvohnomalari, shahodatnoma va diplom kabi muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyoti bekor qilinsin;\nkeksa va nogironligi bo\u2018lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko\u2018rsatish tizimini soddalashtirish va ularga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali qo\u2018shimcha qulayliklar yaratilsin.\nAdliya vazirligi (R. Davletov) va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) 2022-yil 1-oktabrga qadar davlat xizmatlari tizimini xalqqa yanada yaqinlashtirish, navbatlarni qisqartirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va xususiy sektorga o\u2018tkazish choralarini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.\n15. Taraqqiyot strategiyasida adolat va qonun ustuvorligini ta\u2019minlash bo\u2018yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda:\nijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va ma\u2019muriy ishlar bo\u2018yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko\u2018rsatish tartibi joriy etilsin;\nqarori, harakati (harakatsizligi) noqonuniy emasligini ma\u2019muriy sudda isbotlash majburiyatini, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning o\u2018ziga yuklash tartibiga amal qilinishi qat\u2019iy ta\u2019minlansin;\nharakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo\u2018yicha yagona onlayn elektron reyestr yuritilishi yo\u2018lga qo\u2018yilsin.\n16. Jazoni o\u2018tab bo\u2018lgan fuqarolarning kelgusida jamiyatda o\u2018z o\u2018rnini topishiga amaliy ko\u2018maklashish uchun \u201cdastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi\u201dni berish tizimi joriy qilinsin.\nUshbu tizim doirasida jazoni o\u2018tab bo\u2018lgan va o\u2018zining tadbirkorlik, me\u2019morchilik, hunarmandchilik kabi yo\u2018nalishlarda aniq loyihalarini taqdim etib, mustaqil faoliyatini boshlamoqchi bo\u2018lgan fuqarolarga bir martalik moddiy yordam berish amaliyoti yo\u2018lga qo\u2018yilsin.\nIchki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) uch oy muddatda \u201cdastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi\u201dni berish tizimini ishga tushirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.\n17. Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) va Transport vazirligi (I. Maxkamov) Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda rivojlangan mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda yo\u2018l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo\u2018llarda avariya va o\u2018lim holatlarini qisqartirish bo\u2018yicha dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.\nBunda, yo\u2018l infratuzilmasini xalqaro standartlarga moslashtirish, harakatni boshqarish tizimini to\u2018liq raqamlashtirish, yo\u2018llarda xavfsiz harakatlanish uchun barcha ishtirokchilarga munosib sharoitlarni yaratish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini ta\u2019minlashga hamda \u201cOchiq budjet\u201d axborot portali orqali yo\u2018naltiriladigan mablag\u2018lardan aynan mazkur yo\u2018nalishda samarali foydalanishga alohida e\u2019tibor qaratilsin.\n18. 2022 \u2014 2026-yillarga mo\u2018ljallangan Yangi O\u2018zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo\u2018yicha respublika komissiyasi (keyingi o\u2018rinlarda \u2014 Respublika komissiyasi) hamda uning ishchi guruhi tarkiblari 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.\nKomissiya va ishchi guruh zimmasiga Taraqqiyot strategiyasiga kiritilgan tadbirlar to\u2018liq, o\u2018z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va monitoring qilish, shuningdek, uni 2023 \u2014 2026-yillarda amalga oshirish bo\u2018yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarining tayyorlanishini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.\n19. Belgilab qo\u2018yilsinki:\nTaraqqiyot strategiyasini o\u2018z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ustuvor vazifasi hisoblanadi;\nTaraqqiyot strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo\u2018yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.\n20. Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo\u2018llab-quvvatlash jamoat fondi, Inson huquqlari bo\u2018yicha milliy markaz, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda \u201cTaraqqiyot strategiyasi\u201d markazi ta\u2019sischilarining \u201cTaraqqiyot strategiyasi\u201d markazining faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq tadqiqot va \u201caql\u201d markazi sifatida qayta tashkil etish hamda quyidagi qo\u2018shimcha vazifalar yuklatish to\u2018g\u2018risidagi tashabbuslari qo\u2018llab-quvvatlansin:\ntegishli yo\u2018nalishlarda aniqlangan tizimli muammolarni, jumladan byurokratik to\u2018siqlar, qonunchilikdagi nomuvofiqliklar, ishlamayotgan huquqiy mexanizmlar, eskirib ketgan qoidalarni umumlashtirish;\nko\u2018tarilayotgan tizimli muammolar va Taraqqiyot strategiyasida yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, tegishli davlat organlari vakillari bilan uchrashuv va muloqotlar tashkil etib borish;\ntadbirkorlar, olimlar, ekspertlar hamjamiyati va jamoatchilik vakillari bilan birga tizimli muammolarni muhokama qilgan holda, ularni bartaraf etish bo\u2018yicha aniq takliflar ishlab chiqish;\ntegishli yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha mavzuli ijtimoiy so\u2018rovlar o\u2018tkazish va ularning natijalari bo\u2018yicha ilmiy izlanishlar olib borish.\nVazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda \u201cTaraqqiyot strategiyasi\u201d markazining faoliyatini ilg\u2018or xorijiy tajriba asosida tashkil etish, shuningdek islohotlarni amalga oshirish jarayoniga jamoatchilikni jalb qilish uchun \u201cilmiy maydon\u201d yaratish bo\u2018yicha choralarni ko\u2018rsin.\n21. \u201cYuksalish\u201d umummilliy harakati va \u201cVatandoshlar\u201d fondining Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonlariga milliy va xalqaro hamjamiyatni keng jalb qilib borishga qaratilgan quyidagi takliflari qo\u2018llab-quvvatlansin:\nTaraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan maqsadlarga erishilganlik darajasini baholab borish maqsadida \u201cYuksalish\u201d umummilliy harakati huzurida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat yillik muqobil hisobotlar tayyorlab boruvchi Mustaqil monitoring va baholash jamoatchilik guruhini tashkil etish;\nhududlarda nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, ekspertlar va mahalla faollaridan iborat Taraqqiyot strategiyasini qo\u2018llab-quvvatlash jamoatchilik guruhlarini tashkil etish va tizimli ravishda jamoatchilik eshituvlarini o\u2018tkazib borish;\nfuqarolar tomonidan ko\u2018tarilayotgan tashabbuslarni umumlashtirib, fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilgan holda jamoatchilik loyihalarini ilgari surish.\n22. \u201cTaraqqiyot strategiyasi\u201d markazi Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi holati yuzasidan tahliliy va axborot materiallarini Internet jahon axborot tarmog\u2018ida va ommaviy axborot vositalarida aks ettirib borish choralarini ko\u2018rsin.\n23. \u201cTaraqqiyot strategiyasi\u201d markazi va \u201cYuksalish\u201d umummilliy harakati Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturining joylardagi ijrosi natijadorligini aholiga yetkazish bo\u2018yicha onlayn portalni ishga tushirsin.\nBunda, chora-tadbirlar ijrosi bo\u2018yicha aholining fikrlari, taklif va e\u2019tirozlarini qabul qilgan holda ilgari surilgan tashabbuslar tizimlashtirilib, har oyda Respublika komissiyasiga kiritib borilsin.\n24. Vazirlar Mahkamasi:\nmuntazam ravishda Taraqqiyot strategiyasi, Davlat dasturi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan chora-tadbirlarning o\u2018z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etsin;\nhar chorakda Taraqqiyot strategiyasi, Davlat dasturi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ijro etish holatini har tomonlama muhokama qilib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda ularga yo\u2018l qo\u2018ygan mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish choralarini ko\u2018rib borsin;\nTaraqqiyot strategiyasini keyingi yillarda amalga oshirish bo\u2018yicha yillik davlat dasturlari loyihalarini o\u2018z vaqtida tayyorlab borilishini ta\u2019minlasin.\n25. Adliya vazirligi Hisob palatasi, \u201cTaraqqiyot strategiyasi\u201d markazi va \u201cYuksalish\u201d umummilliy harakati bilan birgalikda:\nTaraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturi amalga oshirilishining borishini tizimli monitoring qilish, uni sifatli va o\u2018z vaqtida bajarish uchun qo\u2018shimcha choralar ko\u2018rish bo\u2018yicha tavsiyalarni ishlab chiqish;\nTaraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va o\u2018z vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi, jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilishiga amaliy yordamni ko\u2018rsatib borsin;\nTaraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturini amalga oshirish yakunlariga bag\u2018ishlangan axborot-tahliliy sharhlarni tayyorlash, ularni xorijiy tillarda e\u2019lon qilish va keng tarqatishni ta\u2019minlasin;\nmonitoring natijalari to\u2018g\u2018risidagi axborotni har oyda Respublika komissiyasiga kiritib borsin.\n26. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), O\u2018zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) va O\u2018zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko\u2018chimov) ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda muntazam ravishda:\nTaraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturining maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog\u2018ida va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlab borilishini hamda uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini;\nTaraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi va natijalari to\u2018g\u2018risidagi xolis va to\u2018liq ma\u2019lumot aholiga tezlik bilan yetkazilishini ta\u2019minlasin.\n27. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas\u2019ul va shaxsiy javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.\nMazkur Farmon ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas\u2019ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Respublika komissiyasi zimmasiga yuklansin.\nAmalga oshirilgan chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida har chorakda <div align=\"right\"><b>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentiga<br> axborot kiritib borilsin.<br>\nO\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV<\/b><\/div>\n<div align=\"left\">Toshkent sh.,<br>\n2022-yil 28-yanvar,<br>\nPF-60-son<\/div>\n<a href=\"https:\/\/lex.uz\/uz\/docs\/-3107036#-3109146\" target=\"_blanc\" rel=\"noopener noreferrer\">Manba &#8211; Lex.uz saytidan olindi<\/a>\n<\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI 2022 \u2014 2026-YILLARGA MO\u2018LJALLANGAN YANGI O\u2018ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TO\u2018G\u2018RISIDA Mamlakatimizni 2017 \u2014 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo\u2018nalishi bo\u2018yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o\u2018tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, inson huquqlarini ta\u2019minlash, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-916","page","type-page","status-publish","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/916","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=916"}],"version-history":[{"count":16,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/916\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1318,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/916\/revisions\/1318"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=916"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}