{"id":323,"date":"2021-10-16T10:10:07","date_gmt":"2021-10-16T05:10:07","guid":{"rendered":"http:\/\/maktab.sirdaryoktrmhb.uz\/?p=323"},"modified":"2021-10-22T14:51:48","modified_gmt":"2021-10-22T09:51:48","slug":"til-har-bir-millat-madaniyatining-ozagi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/?p=323","title":{"rendered":"TIL \u2013 HAR BIR MILLAT MADANIYATINING O\u2018ZAGI"},"content":{"rendered":"\n<figure class=\"wp-block-gallery alignright columns-1 is-cropped wp-block-gallery-1 is-layout-flex wp-block-gallery-is-layout-flex\"><ul class=\"blocks-gallery-grid\"><li class=\"blocks-gallery-item\"><figure><img decoding=\"async\" src=\"http:\/\/maktab.sirdaryoktrmhb.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/\u0411\u0435\u0437-\u043d\u0430\u0437\u0432\u0430\u043d\u0438\u044f-3.jpg\" alt=\"\" data-id=\"330\" data-full-url=\"http:\/\/maktab.sirdaryoktrmhb.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/\u0411\u0435\u0437-\u043d\u0430\u0437\u0432\u0430\u043d\u0438\u044f-3.jpg\" data-link=\"http:\/\/maktab.sirdaryoktrmhb.uz\/?attachment_id=330\" class=\"wp-image-330\"\/><\/figure><\/li><\/ul><figcaption class=\"blocks-gallery-caption\"><strong><em><span class=\"has-inline-color has-very-dark-gray-color\">O\u2018zbek tili kambag\u2018al&nbsp;emas, balki o\u2018zbek tilini kambag\u2018al deguvchilarning o\u2018zi kambag\u2018al.&nbsp;Ular o\u2018z nodonliklarini o\u2018zbek tiliga to\u2018nkamasinlar.&nbsp;<br>                                <u>Abdulla Qodiriy<\/u><\/span><\/em><\/strong><\/figcaption><\/figure>\n\n\n\n<p>\u201cO\u2018zbekiston Respublikasining Davlat tili to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni qabul qilinganiga o\u2018ttiz bir yil to\u2018ldi.&nbsp; O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-sonli \u201cO\u2018zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Farmoniga asosan o\u2018zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun \u2013&nbsp;21 oktyabr sanasi \u201cO\u2018zbek tili bayrami kuni\u201d&nbsp;deb e\u2019lon qilindi. &nbsp;Prezidentimiz ta\u2019kidlaganidek, biz xalqimizning taqdiri, ertangi kuni haqida o\u2018ylar ekanmiz, eng avvalo, millatimizning asl fazilatlarini, go\u2018zal urf-odatlarimiz, betakror san\u2019atimiz va adabiyotimizni, ona tilimizni ko\u2018z qorachig\u2018iday saqlashimiz zarur.<\/p>\n\n\n\n<p>Aytish mumkinki,&nbsp; ma\u2019naviyati yuksak,&nbsp; milliy qadriyatlariga sodiq shaxsni kamol toptirishning&nbsp; muhim vositasi sifatida lug\u2018atlar ham tan olinadi. Gyugo ta\u2019biri bilan aytganda, har bir xonadonning haqiqiy xazinasi&nbsp; bu lug\u2018atdir. Ayni kunlarda davlat tiliga e\u2019tiborning yuksalib borayotganligi, ona tili ta\u2019limining maqsad va vositalari yangilanayotganligi&nbsp;&nbsp; muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirish uchun xizmat qiladigan turli tipdagi lug\u2018atlarga ehtiyojni oshiradi.&nbsp; Bugun&nbsp; o\u2018zbek tilining bor bo\u2018y-bastini, boyligini ko\u2018rsatish va kelajak avlodning undan to\u2018la bahramand bo\u2018lishi uchun izohli va imlo lug\u2018atlari, umumiy o\u2018rta ta\u2019lim o\u2018quvchilari uchun alohida turli nomlarda lug\u2018atlarning yaratilishi tilimizga bo\u2018lgan ehtiromning yorqin namunasi sanaladi.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2018z mulkining sultoni Alisher Navoiy o\u2018z davrida qariyb \u201co\u2018lik\u201d tillar safidan joy olgan eski turkiy tilga \u201cjon\u201d ato etdi.&nbsp; XX asr boshlarida ma\u2019rifatparvar ziyolilar Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Mahmudxo\u2018ja Behbudiylar o\u2018zbek tilini takomillashtirish maqsadida darsliklar, maqolalar yozishdi, o\u2018sha davrda ijtimoiy buyurtma bo\u2018lgan xalq savodxonligini ko\u2018tarish maqsadida tahsinga sazovor faoliyat olib borishdi. Bugun ham bu jarayon to\u2018xtagani yo\u2018q.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi \u201cDavlat tili haqida\u201dgi (1989 yil 21 oktyabr) qonunning 30 yilligini munosib nishonlash to\u2018g\u2018risida\u201dgi qarori hamda 2019 yil 21 oktyabrdagi \u201cO\u2018zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201d farmonida \u201co\u2018zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro\u2018-e\u2019tiborini tubdan oshirish\u201d masalasiga alohida e\u2019tibor qaratildi. Ayniqsa, \u00abGloballashuv sharoitida milliy tilimizning sofligini saqlash, uning lug\u2018at boyligini oshirish, turli sohalarda zamonaviy atamalarning o\u2018zbekcha muqobilini yaratish, ularning bir xil qo\u2018llanishini ta\u2019minlash dolzarb vazifa bo\u2018lib turibdi&#8230; Yana bir muhim vazifa fundamental tadqiqotlar, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, tibbiyot va boshqa tarmoqlarda davlat tilini to\u2018laqonli qo\u2018llash bilan bog\u2018liq\u00bb ekanligi ta\u2019kidlab o\u2018tildi.&nbsp;2020-2030 yillarda o\u2018zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar nutq hodisalari qatorida tibbiyot xodimlari nutqini til-nutq-madaniyat aloqadorligida o\u2018rganishga keng yo\u2018l ochdi. Barcha soha vakillari uchun o\u2018zbek tilining onomastik lug\u2018atlarini yaratishga xizmat qiladigan tadqiqotlarni yaratish, qo\u2018shni mamlakatlar va qardosh turkiy xalqlar tillari bilan qiyoslash, lug\u2018atlar bilan ishlash imkoniyatini yuzaga chiqarish va nutq madaniyati bilan bog\u2018liq muammolarga alohida e\u2019tibor qaratish tavsiya qilindi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p>Vazirlik va idoralar rahbarlari hamda xodimlarining \u201cDavlat tilida ish yuritish asoslari\u201d bo\u2018yicha malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi joriy etildi; respublika tilshunos olimlari tomonidan fundamental fanlar, zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, tibbiyot, qishloq xo\u2018jaligi, harbiy va shu kabi sohalarda o\u2018zbek tilining qo\u2018llanish doirasini kengaytirishga doir tavsiya va ko\u2018rsatmalar ishlab chiqildi;&nbsp; zamonaviy darsliklar, etimologik va qiyosiy lug\u2018atlar nashr etishga, atamalarning elektron lug\u2018ati va mobil ilovalarini yaratish ishlariga ahamiyat qaratilmoqda; Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o\u2018zbek tili va adabiyoti universiteti qoshida \u00abO\u2018zbekcha nom yaratish\u201d (neyming) laboratoriyasi tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish maqsadida&nbsp; tibbiyot xodimlari uchun tibbiy atamalarga doir platforma yaratish, elektron lug\u2018atlar va darslik hamda ularning mobil ilovalarni yaratish o\u2018zbek leksikografiyasi, terminologiyasi, shuningdek, kompyuter lingvistikasi&nbsp; rivoji uchun muhim manba sanaladi.&nbsp; Hayotimizga shiddat bilan rivojlanib kirib kelayotgan kompyuter lingvistikasi bugun barcha sohalar qatorida tibbiyot sohasini ham befarq qoldirmadi.&nbsp; Zamonaviy jamiyat hayotining ajralmas qismi sanalgan internet saytlaridagi ijtimoiy tarmoqlar va forumlarda&nbsp; biz deyarli tasavvur qila olmaydigan&nbsp; har qanday bahstalab va tahrirtalab mavzudagi munozaralarni topishimiz mumkin. Albatta turli kasalliklar, davolash bilan bog\u2018liq muammolar, sog\u2018lom turmush tarzi bilan bog\u2018liq tibbiy mavzular bundan mustasno emas. Pandemiya sababli internetda o\u2018zlarining sog\u2018ligi to\u2018g\u2018risidagi har qanday ma\u2019lumotlarni&nbsp; chop etayotganlar soni kun sayin ortib bormoqda. Bundan tashqari, tibbiy nashrlardagi tahrirtalab matnlarning tobora ko\u2018payib borayotganligi ham bundan mustasno emas. Ushbu ro\u2018yxatni davom ettirish mumkin. O\u2018zbek tilida qo\u2018llaniladigan tibbiy atamalarga doir platforma yaratilsa, mazkur muammolar yechimi sifatida muhim ahamiyat kasb etishi tabiiy. Aytish mumkinki, elektron lug\u2018atlargina leksemaning butun mohiyatini tezkorlik bilan kitobxonga yetkazish imkoniyatini beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zero, soha lingvistikasiga kirishish jamiyat taraqqiyoti bilan amaliy bog\u2018liq. Chunki jamiyat salomatligi shaxsning ruhiy, jismoniy, ma\u2019naviy sog\u2018lomligiga bog\u2018liq. Demak, bu borada yaratiladigan platforma aholining&nbsp;turli toifa va qatlam vakillari bilan ish ko\u2018radigan tibbiyot&nbsp;sohasi mutaxassis-xodimlari uchun o\u2018z faoliyati jarayonida yuksak madaniy nutq ko\u2018nikmalariga ega bo\u2018lishlari hamda til zaxirasidagi har bir so\u2018zdan ehtiyotkorona foydalanishlari ular kasbiy mahoratining zaruriy sharti bo\u2018lgan lisoniy vositalarga mas\u2019uliyatli yondashishini talab qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Ayni kunlarda tavsifiy tilshunoslik o\u2018z o\u2018rnini sohaviy-tavsiyaviy tilshunoslik yo\u2018nalishlariga bo\u2018shatib bergan ekan, tibbiy sohaga tegishli atamalarni ham milliy, o\u2018zbekona, ommabop variantlarda tayyorlash \u2013 shu sohadagi ilmiy muammoning yechimiga xizmat qiladi. Dorixonadan xarid qilingan mahsulotning yo\u2018riqnomasini&nbsp; savodli har bir kishi o\u2018qib tushuna olishi kerak. Buning uchun esa lingvistika bilan tibbiyot hamkorligi zarur.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Shunday muhim va xayrli &nbsp;ishlarga qo\u2018l urilayotgan bir paytda ona tilimiz kamoliga g\u2018ov bo\u2018layotgan, uning fayzli va musaffo muhitini buzishga qaratilgan illatlarning mavjudligi kishini xavotirga soladi.&nbsp;&nbsp; Biz nimaga xato qildik? Nima uchun o\u2018zbek tili mavqeini avaylash qiyin bo\u2018ldi? O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi moddalaridagi \u201co\u2018zbekona bag\u2018rikenglik\u201d sabab bo\u2018lmadimi? Bugungi kunda mazkur \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining davlat tili haqida\u00bbgi Qonunga o\u2018zgartishlar va qo\u2018shimchalar kiritilganligi va &nbsp;yangi tahrirda qabul qilinganligi dilni quvontiradi. Jumladan, &nbsp;4-moddada \u201cO\u2018zbekiston Respublikasida ishlovchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari o\u2018z xizmat vazifalarini bajarish uchun respublika davlat tilini yetarli darajada bilishlari shart.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018z faoliyatiga ko\u2018ra aholiga xizmat ko\u2018rsatish bilan bog\u2018liq shaxslar xizmat vazifasini bajarish uchun davlat tilini zarur bo\u2018lgan darajada bilishlari lozim.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018zbek tilini bilmaydigan grajdanlarga respublika davlat tilini bepul o\u2018rgatish va o\u2018qitishni ta\u2019minlaydi\u201d&nbsp; deya o\u2018zgartirish kiritilishi millat tiliga hamda yurtimizda yashayotgan boshqa millat vakillari zabuniga bo\u2018lgan hurmatning nishonasidir. 2020 yil aprel oyida Adliya vazirligi tomonidan davlat tilida ish yuritishni to\u2018la ta\u2019minlash maqsadida mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilganligidan barcha xabardor. O\u2018zbekiston Respublikasining Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksining 42-moddasi \u201cDavlat organlari va tashkilotlarida ish yuritishda davlat tili haqidagi qonun talablariga rioya etmaslik, mansabdor shaxslarga bazaviy maosh miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo\u2018ladi\u201d jumlasi bilan to\u2018ldirildi. Mazkur loyiha o\u2018zbek tili taqdiriga befarq bo\u2018lmagan ziyolilar va jamoatchilik tomonidan yakdillik bilan qarshi olindi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p>Bir so\u2018z bilan aytganda, til millatning ma\u2019naviy-ruhiy boyligi, mulki ekan, uni e\u2019zozlash, yuksalishi, sofligi, boyligi yo\u2018lida kurashish, milliy qadriyat darajasiga ko\u2018tarish barchamizning oliy burchimizdir. O\u2018zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini yanada oshirish haqida bosh qotirishimiz, bu yo\u2018lda sobitqadamlik bilan amaliy ishlar qilishimiz lozim. O\u2018zimiz ajdodlarimizdan meros bo\u2018lib kelgan ona tilimizni asramas ekanmiz, millatimiz va ma\u2019naviyatimiz kelajagini ulkan xavf ostida qoldiramiz. Zotan, o\u2018zbek tili \u2013 bu bizning boyligimiz, or-nomusimiz, sha\u2019nimiz demak. Uni, eng avvalo, o\u2018zimiz asrashimiz, hurmatlashimiz kerak.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>BuxDU professori, \u00a0f.f.d<\/strong>                    <strong>Abuzalova M.K.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-gallery columns-0 is-cropped wp-block-gallery-2 is-layout-flex wp-block-gallery-is-layout-flex\"><ul class=\"blocks-gallery-grid\"><\/ul><\/figure>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-video\"><video controls src=\"http:\/\/maktab.sirdaryoktrmhb.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/211.mp4\"><\/video><\/figure>\n\n\n\n<p><a rel=\"noreferrer noopener\" target=\"_blank\" href=\"https:\/\/buxdu.uz\/#facebook\"><\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cO\u2018zbekiston Respublikasining Davlat tili to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni qabul qilinganiga o\u2018ttiz bir yil to\u2018ldi.&nbsp; O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-sonli \u201cO\u2018zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Farmoniga asosan o\u2018zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun \u2013&nbsp;21 oktyabr sanasi \u201cO\u2018zbek tili bayrami kuni\u201d&nbsp;deb e\u2019lon qilindi. &nbsp;Prezidentimiz ta\u2019kidlaganidek, biz xalqimizning taqdiri, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-323","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-yangi-elon"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/323","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=323"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/323\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":398,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/323\/revisions\/398"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=323"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=323"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=323"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}