{"id":3393,"date":"2024-05-09T20:56:07","date_gmt":"2024-05-09T15:56:07","guid":{"rendered":"http:\/\/maktab.sirdaryoktrmhb.uz\/?p=3393"},"modified":"2024-05-09T20:59:02","modified_gmt":"2024-05-09T15:59:02","slug":"9-may-xotira-va-qadrlash-kuni-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/?p=3393","title":{"rendered":"9-May &#8211; Xotira va qadrlash kuni"},"content":{"rendered":"\n<p>Xotira bor ekan \u2013 millat barhayot<\/p>\n\n\n\n<p>Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo\u2018qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo\u2018la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik \u2013 taraqqiyot garovidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg\u2018usi bilan barhayotdir. Xotira \u2013 kechagi o\u2018tmishni, ajdodlar o\u2018gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi \u2013 muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr \u2013 insonni yuksaklikka ko\u2018taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag\u2018ishlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o\u2018z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e\u2019zozlash \u2013 odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag\u2018rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g\u2018oya targ`ibiga bag`ishlangan buyuk milliy ma`naviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targ\u2018ib etiladi, urush esa batamom qoralanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>9-mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor.&nbsp;O\u2018tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga yetish kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Fashizm ustidan qozonilgan g\u2018alabada xalqimizning ham mardonavor va salmoqli hissasi unutilmas haqiqatdir.<\/p>\n\n\n\n<p>9 may \u2013 Xotira va Qadrlash kuni Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bo\u2018lishga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Muxtasar qilib aytganda, ajdodlar ruhiga hurmat xalqimizning eng oliy fazilatlaridan biridir.&nbsp;Xotira \u2013 muqaddas va aziz tuyg\u2018u. Xotirlash bu har bir insonning yaqinlarini qadrlash, bu olamdan o\u2018tib ketgan insonlarni eslash va ularning xaqqiga duo qilishdir. Xalqimizda \u201cQadr etgan qadr topadi\u201d, degan naql bor. Haqiqatdan ham, inson o\u2018zgalarga samimiyatda bo\u2018lib, hurmat-ehtirom ko\u2018rsatsa, o\u2018zi ham atrofdagilarning shunday munosabatiga sazovor bo\u2018ladi. Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan el fidoyilari esa ezgu amallari sabab umrbod kishilar yodidan o\u2018chmaydilar. Nomlari hamisha e\u2019zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xotira bor ekan \u2013 millat barhayot Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo\u2018qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo\u2018la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik \u2013 taraqqiyot garovidir. Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg\u2018usi bilan barhayotdir. Xotira \u2013 kechagi o\u2018tmishni, ajdodlar o\u2018gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi \u2013 muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr \u2013 [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3394,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-3393","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangi-elon"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3393","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=3393"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3393\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3396,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3393\/revisions\/3396"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/3394"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=3393"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=3393"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=3393"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}