{"id":651,"date":"2021-12-07T12:07:22","date_gmt":"2021-12-07T07:07:22","guid":{"rendered":"http:\/\/maktab.sirdaryoktrmhb.uz\/?p=651"},"modified":"2021-12-07T12:11:22","modified_gmt":"2021-12-07T07:11:22","slug":"konstitutsiya-baxtimiz-qomusi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/?p=651","title":{"rendered":"KONSTITUTSIYA \u2013 BAXTIMIZ QOMUSI"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O\u2018n ikkinchi chaqiriq O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o\u2018n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cKonstitutsiya\u201d so\u2018zi turli davrlarda, turli ma\u2019nolarda qo\u2018llanilgan bo\u2018lsa-da, bugungi kunda u oliy yuridik kuchga ega bo\u2018lgan, amaldagi qonun va me\u2019yoriy hujjatlar poydevorini, tagzaminini tashkil etadigan, o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish qat\u2019iy nazorat qilinadigan Asosiy qonunni anglatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Konstitutsiya huquqiy davlatning asosiy belgisi hisoblanadi. Unda jamiyatning ijtimoiy siyosiy xususiyatlari, taraqqiyotining bosh mezonlari, mamlakatning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo\u2018nalishlari o\u2018z ifodasini topgan bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Konstitutsiyaning muayyan mamlakat ijtimoiy taraqqiyotining huquqiy zamini, mezoni ekanligi uning funksiyalarida yaqqol namoyon bo\u2018ladi. Konstitutsiyaning eng asosiy funksiyalaridan biri \u2013 davlatchilik rivojlanishidagi vorislikni ta\u2019minlashdir. Bu borada shuni aytish lozimki, konstitutsiyamizda mustahkamlangan oilaga bo\u2018lgan e\u2019tibor yoki<br>ota-onaga bo\u2018lgan munosabat xususidagi qoidalarni oladigan bo\u2018lsak ham, bu xalqimizning ongida necha asrlardan buyon shakllangan urf-odatlarimizning bir bo\u2018lagiga aylangan umume\u2019tirof etilgan odatlarimizning Konstitutsiyamizda o\u2018z ifodasini topganligining bir namunasidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Konstitutsiyaningsiyosiyfunksiyasini oladigan bo\u2018lsak, u jamiyatning ijtimoiy tuzumini tartibga solish bilan birga siyosiy hayot hamda hokimiyat uchun kurashning muayyan huquqiy doirasini belgilab berishda ifodalanadi. Tashkiliy funksiyaning mohiyati davlatning konstitutsion tuzilishini tashkil etish va uning faoliyatiga doir asosiy mezonlarni tartibga solishdan iborat.<\/p>\n\n\n\n<p>Konstitutsiyada jamiyat taraqqiyotiga turtki beruvchi g\u2018oyalar o\u2018z ifodasini topadi. Bu uning&nbsp;amaliy&nbsp;funksiyasini namoyon qiladi.Konstitutsiya asosiy qonun sifatida muayyan davlatning huquqiy va qonunchilik tizimlarining o\u2018zagini tashkil etadi, huquqiy tizim faoliyatining ustuvor tamoyillarini belgilaydi va bu uning yana bir \u2013yuridikfunksiyasida yaqqol namoyon bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekistonimizning Konstitutsiyasida yurtdoshlarimizning kelajak avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish, ularning baxtu kamolini ko\u2018rishdek orzu-havaslari o\u2018z ifodasini topganligi bilan birga, davlatimiz rahbari ta\u2019kidlaganlaridek,unda jamiki dunyoviy ne\u2019matlar orasida eng ulug\u2018i \u2013 Inson degan fikr ilgari surilgan va shu asosda fuqaro \u2013 jamiyat \u2013 davlat o\u2018rtasidagi o\u2018zaro munosabatning oqilona huquqiy yechimi belgilab berilgan. Asosiy qonunimizda davlatimizning, jamiyatimizning va har bir fuqaroning huquq va burchlari bir-biriga uyg\u2018unlashtirilgan va muvofiqlashtirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Asosiy qonunimizda demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyatining qiyofasi, o\u2018ziga xos belgi va xususiyatlari shakli va shamoyillari o\u2018z ifodasini topgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2018 ajdodlarimizning asriy armonlari, erkin hayot, farovon jamiyat va adolatli davlat barpo etishdek eng ezgu tilaklari va ulug\u2018 orzularini o\u2018zida mujassam etgan davlatimiz Konstitutsiyasi barcha qabul qilinadigan qonunlar va me\u2019yoriy hujjatlar uchun mustahkam asos va dasturilamal bo\u2018lib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyamizda shaxs, uning huquq va erkinliklari davlatdan ustunligi e\u2019tirof etilgan, shuningdek, unda inson qadri, shaxs erkinligi va hayotini ta\u2019minlovchi tabiiy imkoniyatlarni yuzaga chiqishiga alohida ahamiyat berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Konstitutsiyamizda shaxsning yoshi, millati, irqi, ijtimoiy ahvoli bilan bog\u2018liq hech qanday cheklashlar yo\u2018q. Masalan, boshqa mamlakatlarning fuqarolikka ega bo\u2018lish to\u2018g\u2018risidagi qonunchiligida kuzatishimiz mumkin bo\u2018lgan til bilish va o\u2018troqlik masalasida ham cheklashlar yo\u2018q bo\u2018lib, teng fuqarolik huquqi mustahkamlab qo\u2018yilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bosh Qomusimizda insonning kundalik hayotdagi eng muhim ehtiyojlarini ta\u2019minlovchi imkoniyatlar \u2013 yashash huquqi, shaxsiy daxlsizlik huquqi, sud jarayonida shaxsiy manfaatlarni himoya qilish huquqi, turar joy daxlsizligi huquqi, bir joydan ikkinchi joyga erkin ko\u2018chish huquqi, fikrlash, e\u2019tiqod va so\u2018z erkinligi, vijdon erkinliklari qonuniy yo\u2018l bilan kafolatlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Umuman, konstitutsiyamizda ko\u2018p yillik milliy davlatchiligimiz an\u2019analari inobatga olinishi bilan birga, jahon konstitutsiyalarining tajribalaridan ham keng foydalanilgan. Shu yo\u2018l bilan uning eng insonparvar, demokratik va adolatli Qomuslardan biri bo\u2018lishiga erishilgan.Shuni ham alohida ta\u2019kidlash joizki, bugungi kunga kelib bosh Qomusimiz har bir fuqaromiz qalban va vujudan e\u2019zozlovchi muqaddas huquqiy qadriyatga, umid, ishonch va ezgu-niyatlar qo\u2018rg\u2018oniga aylangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yillar o\u2018tgan sayin konstitutsiyamizning hayotimiz, taraqqiyotimiz uchun ahamiyati qanchalik katta ekanligiga, tanlagan yo\u2018limiz nihoyatda to\u2018g\u2018ri ekanligiga qayta-qayta ishonch hosil qilaveramiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini, tinch totuvligini ta\u2019minlashni asosiy maqsadlardan biri deb e\u2019lon qilgan Konstitutsiyamiz bosib o\u2018tgan davriga nazar tashlaydigan bo\u2018lsak, shu qisqa vaqt mobaynida mamlakatimizda asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirilganligiga guvoh bo\u2018lamiz. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng muhim sanalardan biri \u2013 Konstitutsiya qabul qilinganligining 29 yilligi arafasida shuni alohida e\u2019tirof etish lozimki, Konstitutsiyamiz vaqt o\u2018tgan sari o\u2018z nufuzini, xalqaro miqyosdagi obro\u2018-e\u2019tiborini mustahkamlab bormoqda. Bizning maqsadimiz esa uning jamiyatdagi nufuzi va ahamiyatini, mazmun va mohiyatini fuqarolarning, ayniqsa yosh avlodning ong-idrokiga chuqurroq singdirishdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Zero, o\u2018z oilasidagi tartib-qoidalarga amal qiladigan, uni hurmat qiladigan farzand boshqalarning ham mana shunday talab-tartiblari borligini anglaydi, ularni hurmat qila biladi. Shu ma\u2019noda<br>Konstitutsiyamiz barchamiz uchun asosiy mezon bo\u2018lishi, uning qoidalari hayotimizning asosiy qoidalari va maqsadlariga aylanishi darkor.<\/p>\n\n\n\n<p>Konstitutsiyaning qimmatli ahamiyati shundaki, uni puxta o\u2018zlashtirgan shaxs, fikrimizcha o\u2018zini yanada kuchliroq, yanada mukammalroq va albatta, yanada kafolatlanganroq sezadi, uning mazmuni va mohiyati ostida nazarda tutilgan tinch va farovon hayotga bo\u2018lgan ishonchlari yanada mustahkamlanadi. Konstitutsiyani to\u2018la anglab yetgan har bir fuqaro yuqoridagilardan kelib chiqib, o\u2018zi va yaqinlariningbugunivakelajagi uchun xotirjamlik bilan o\u2018z vazifalarini, burchlarini bajarishga kirishadi, deb ishonamiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Albatta har bir o\u2018zini anglagan O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarosi Konstitutsiyaning mazmun va mohiyatini targ\u2018ib qilish ishlarida o\u2018zining bor kuchi va mahorati bilan hissasini qo\u2018shadi, desak mubolag\u2018a bo\u2018lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiya \u2013 tarixiy ahamiyati beqiyos bo\u2018lgan hujjatdir. Uni shu vaqtga qadar davlatchiligimiz tarixidagi boshqa hujjatlarning birortasi bilan qiyoslab bo\u2018lmaydi.Zero, unda tarixiylik zamonaviylik bilan uyg\u2018unlashib, jahonning ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va huquqiy tafakkuri sohasida erishilgan barcha yutuqlar mujassamlashgan.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-gallery columns-2 is-cropped wp-block-gallery-1 is-layout-flex wp-block-gallery-is-layout-flex\"><ul class=\"blocks-gallery-grid\"><li class=\"blocks-gallery-item\"><figure><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"310\" height=\"155\" src=\"http:\/\/maktab.sirdaryoktrmhb.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/0138995d-e149-28cc-9c19-5ee3726640b3.gif\" alt=\"\" data-id=\"654\" data-full-url=\"http:\/\/maktab.sirdaryoktrmhb.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/0138995d-e149-28cc-9c19-5ee3726640b3.gif\" data-link=\"http:\/\/maktab.sirdaryoktrmhb.uz\/651\/0138995d-e149-28cc-9c19-5ee3726640b3\/\" class=\"wp-image-654\"\/><\/figure><\/li><li class=\"blocks-gallery-item\"><figure><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"274\" height=\"284\" src=\"http:\/\/maktab.sirdaryoktrmhb.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/e9281c45-cf95-5f91-a483-8baa31303163.jpg\" alt=\"\" data-id=\"655\" data-full-url=\"http:\/\/maktab.sirdaryoktrmhb.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/e9281c45-cf95-5f91-a483-8baa31303163.jpg\" data-link=\"http:\/\/maktab.sirdaryoktrmhb.uz\/651\/e9281c45-cf95-5f91-a483-8baa31303163\/\" class=\"wp-image-655\"\/><\/figure><\/li><\/ul><\/figure>\n\n\n\n<p><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O\u2018n ikkinchi chaqiriq O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o\u2018n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. \u201cKonstitutsiya\u201d so\u2018zi turli davrlarda, turli ma\u2019nolarda qo\u2018llanilgan bo\u2018lsa-da, bugungi kunda u oliy yuridik kuchga ega bo\u2018lgan, amaldagi qonun va me\u2019yoriy hujjatlar poydevorini, tagzaminini tashkil etadigan, o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish qat\u2019iy nazorat qilinadigan Asosiy qonunni anglatadi. Konstitutsiya [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-651","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-yangi-elon"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/651","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=651"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/651\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":656,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/651\/revisions\/656"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=651"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=651"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sttexnikum1.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=651"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}