Sirdaryo tuman 1-son texnikumida ingliz tili fanidan “Eating Food” (Ovqatlanish) mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulotni ingliz tili fani o‘qituvchisi Axmadova Sevinch olib bordi.
Dars davomida o‘quvchilar oziq-ovqat mahsulotlari nomlari, ovqatlanish bilan bog‘liq inglizcha so‘z va iboralar, shuningdek, kundalik hayotda qo‘llaniladigan muloqot namunalarini o‘rgandilar. Turli interfaol metodlar, amaliy topshiriqlar va qiziqarli mashqlar orqali o‘quvchilarning ingliz tilida so‘zlashish, tinglab tushunish hamda yangi so‘zlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Ochiq dars o‘quvchilarning xorijiy tilni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy ta’lim usullarini samarali qo‘llashga xizmat qildi.



