• Sesh. Noy 24th, 2026

#Seminar -trening

ByDoniyor Murodovich

Noy 3, 2026

Sirdaryo viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi texnikumlarning “Metallga ishlov berish”, “Payvandlovchi”, “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Payvandlash texnologiyalari va jihozlari” kasblari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish ta’lim ustalari uchun “Tarkibiy qismni RDB dastgohida xavfsiz ishlab chiqarish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga RDB dastgohlarining ishlash prinsipi, zamonaviy tokarlik texnologiyalari, kesish asboblaridan foydalanish, detallarni tayyorlash jarayonlari hamda mehnat xavfsizligi qoidalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.


Mazkur seminar-trening ishlab chiqarish ta’lim ustalarining kasbiy mahoratini oshirish, va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishda  kasbiy ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan