Sirdaryo tuman 1-son texnikumida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘zbek tilining milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni ifoda etuvchi bebaho qadriyat ekanligi alohida ta’kidlandi. O‘quvchilar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida ona tiliga bo‘lgan mehr va hurmatni yanada yuksaltirish, davlat tilining nufuzini oshirish hamda o‘zbek tilining boy tarixi va betakror jozibasini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.


