Mazkur faoliyat orqali texnikumning moddiy-texnik imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish jarayonida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda qo‘shimcha daromad manbaini yaratish yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa ustalarning kasbiy mahoratini oshirish, ishlab chiqarish tajribasini boyitish va texnikumning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.


