O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–310-son qarorining 11-bandi “b” kichik bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Sirdaryo tuman 1-son texnikumida 2026-yil 24-sentabr kuni barcha o‘quvchilarni jalb etgan holda “Hayot faoliyati xavfsizligi” yo‘nalishida o‘quv-amaliy (taktik) mashqlar tashkil etildi.
🚒O‘quv-amaliy mashqlar davomida yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, o‘quvchilar va xodimlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.



