• Dush. Okt 5th, 2026

«Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari» Milliy kasbiy tanlovining respublika bosqichiga tayyorgarlik jarayonlari – Payvandlash texnologiyasi yo‘nalishi

ByDoniyor Murodovich

Iyul 9, 2026

Sirdaryo tuman 1-son texnikumida «Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari» Milliy kasbiy tanlovining respublika bosqichiga puxta va tizimli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, Payvandlash texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha ishtirokchining nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida tajribali ishlab chiqarish ta’limi ustalari va malakali mutaxassislar rahbarligida intensiv mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

Tayyorgarlik jarayonida ishtirokchi zamonaviy payvandlash usullari, metall konstruksiyalarni sifatli biriktirish texnologiyalari, chizmalar asosida ishlash, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish, shuningdek, belgilangan vaqt me’yorlari asosida amaliy topshiriqlarni mukammal bajarish bo‘yicha o‘z mahoratini oshirib bormoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan