• Dush. Okt 5th, 2026

SIRDARYO TUMAN 1-SON TEXNIKUMIDA “MA’NAVIYAT SOATI” O‘TKAZILDI

ByDoniyor Murodovich

Sen 4, 2026

Sirdaryo tumani 1-son texnikumida o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida navbatdagi “Ma’naviyat soati” mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

🇺🇿 Mashg‘ulot davomida yoshlar bilan
odob-axloq, vatanparvarlik, kitobxonlik, ta’lim olishning ahamiyati, ustozlarga hurmat, milliy qadriyatlar va jamiyat oldidagi mas’uliyat kabi mavzularda mazmunli suhbatlar olib borildi.

🤝 Tadbirda Paxtakor MFY raisi hamda Kasaba uyushmasi xodimlari ham ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlarga o‘zlarining hayotiy tajribalari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar. Yoshlarni bilim olishga, faol va tashabbuskor bo‘lishga, Vatanga sadoqat ruhida kamol topishga chaqirdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan