• Dush. Okt 5th, 2026

“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” — faxrli natijalar!

ByDoniyor Murodovich

Avg 10, 2026

Prezidentimiz tashabbuslari doirasida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovida respublika bo‘yicha mahalla va texnikumlardan 124 ming nafarga yaqin iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.

Sirdaryo tuman 1-son texnikumi o‘quvchilari Toshkent shahrida o‘tkazilgan Respublika bosqichida eng yaxshi natijani qayd etib, 3 ta faxrli o‘rinni qo‘lga kiritdilar:
🥇 Oltin medal — Payvandlash: ishlab chiqarish ta’limi ustasi B. Djanikulov, o‘quvchi U. Gadayboyev.
🥈 Kumush medal — Sartaroshlik: ishlab chiqarish ta’limi ustasi L. Kodirova, o‘quvchi G. Musajanova.
🥉 Bronza medal — Payvandlash: ishlab chiqarish ta’limi ustasi J. Vohidjonov, o‘quvchi J. Baratov.
G‘olib va sovrindorlar jami 136 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Sirdaryo tuman 1-son texnikumi — viloyatda eng yaxshi natija qayd etgan texnikum!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan