“Yangi Sirdaryo” gazetasining navbatdagi 32-sonida jurnalist Muhammadali AHMAD tomonidan Sirdaryo tuman 1-son texnikumi faoliyatiga bag‘ishlangan maqola chop etildi.
Maqolada texnikumda bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar, xalqaro ta’lim dasturlari, xususan, Pearson dasturiga qo‘shilgani, erishilayotgan yutuqlar hamda o‘quvchi-yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlash borasidagi ishlar keng yoritilgan.
Shuningdek, aholining, ayniqsa, yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qisqa muddatli kasbiy kurslar va ularning bandlikni ta’minlashdagi ahamiyati haqida ham ma’lumot berilgan.
Mazkur maqola texnikumda kasbiy ta’limni rivojlantirish va xalqaro tajribalarni ta’lim jarayoniga joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning muhim e’tirofi bo‘ldi.


