• Sesh. Noy 24th, 2026

YUKSAK E’TIROF — MUNOSIB MUKOFOT!

ByDoniyor Murodovich

Okt 21, 2026

Sirdaryo tumani 1-son texnikumi boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Tashaliyev Axmatjon Anvarovich kasaba uyushmalari tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu yuksak e’tirof Axmatjon Anvarovichning samarali faoliyati, kasbiy fidoyiligi hamda ta’lim tizimi rivojiga qo‘shayotgan hissasining munosib bahosidir.

Sirdaryo tumani 1-son texnikumi jamoasi nomidan Axmatjon Anvarovichni ushbu quvonchli yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik tilaymiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan