Sirdaryo tuman 1-son texnikumining “Kompyuter grafikasi va dizayn” yo‘nalishi o‘quvchilari ishtirokida ona tili fanidan “Tabiat va inson” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur dars jarayonida o‘quvchilar tabiatning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, atrof-muhitni asrash, ekologik ong va ekomadaniyat tushunchalari haqida chuqur bilim va tasavvurlarga ega bo‘ldilar.
Dars mashg‘uloti interfaol usullar, fikr almashish va ijodiy yondashuv asosida olib borilib, o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishi va faolligi yanada oshdi. 🌍✨
Bu kabi mashg‘ulotlar yoshlar ongida tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



