• Yak. Apr 5th, 2026

13–14 mart kunlari mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi munosabati bilan Sirdaryo tumani 1-son texnikumida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

ByDoniyor Murodovich

Mar 13, 2026

Mazkur hashar doirasida texnikum hududini yanada obod va ko‘rkam qilish maqsadida atrof-muhitni tozalash, hovli va yo‘laklarni tartibga keltirish, daraxtlarga ishlov berish, yangi ko‘chatlar ekish hamda gulzorlarni parvarishlash ishlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, jamoat joylari, o‘quv binolari atrofi va dam olish hududlarini obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu xayrli tadbirda texnikum pedagoglari, xodimlari va o‘quvchilari faol ishtirok etib, bir maqsad yo‘lida jipslashgan holda mehnat qilmoqdalar. Bunday tadbirlar nafaqat hududlarni obod qilish, balki jamoada hamjihatlik, mehnatsevarlik va ekologik madaniyatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan