irdaryo tuman 1-son texnikumida jadid bobolarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi, ma’rifatparvarlik g‘oyalari hamda milliy uyg‘onish yo‘lidagi fidokorona faoliyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida jadid ma’rifatparvarlarining xalqimizni ilm-ma’rifatli qilish, yoshlarni zamonaviy bilimlarni egallashga undash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va Vatan taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilishga qaratilgan ezgu g‘oyalari haqida so‘z yuritildi.
Bunday tadbirlar yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish va ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

