🏢KASB O‘RGANING — KELAJAGINGIZNI QURING!
Sirdaryo tuman 1-son texnikumi ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni qisqa muddatli vaucher asosida kasb-hunarga o‘qitish hamda qayta tayyorlash kurslariga o‘qishga taklif etadi. Sizlar uchun zamonaviy jihozlangan o‘quv xonalari tashkil etilgan…
13–14 mart kunlari mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi munosabati bilan Sirdaryo tumani 1-son texnikumida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur hashar doirasida texnikum hududini yanada obod va ko‘rkam qilish maqsadida atrof-muhitni tozalash, hovli va yo‘laklarni tartibga keltirish, daraxtlarga ishlov berish, yangi ko‘chatlar ekish hamda gulzorlarni parvarishlash ishlari tashkil etilmoqda.…
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida ilgari surilgan muhim tashabbuslar yuzasidan Sirdaryo tuman 1-son texnikumi o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun taqdimot tashkil etildi.
Taqdimot davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda yangi tashabbuslarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.
