
📍 Guliston shahrida o‘tkazilgan “Yosh qutqaruvchilar” musobaqasida
🏫 Sirdaryo tuman 1-son texnikumining “Lochinlar” jamoasi munosib ishtirok etib,
🥈 faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
💪 Musobaqa davomida jamoamiz a’zolari o‘zlarining:
— tezkorligi ⚡️
— jismoniy tayyorgarligi 🏃♂️
— hamjihatligi 🤝
— va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini yuqori darajada namoyish etdilar.
👏 Ushbu yutuq – texnikumimiz yoshlarining bilimli, jasur va har tomonlama yetuk ekanligining yana bir isbotidir!
🎉 G‘olib jamoamizni chin dildan tabriklaymiz va kelgusidagi musobaqalarda ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz!


