
Sirdaryo tumani prokurori tomonidan o‘quvchi-yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, “Kompyuter grafikasi va dizayn” yo‘nalishi o‘quvchisi Dilshodova Aziza o‘zining startap loyihasini amalga oshirish uchun zamonaviy kompyuter jamlanmasiga ehtiyoj borligini ma’lum qildi.
Mazkur murojaatni inobatga olgan holda, Sirdaryo tumani prokurori R.R. Abdujalilov tomonidan o‘quvchining qiziqish va intilishlari qo‘llab-quvvatlanib, unga zamonaviy noutbuk kompyuteri taqdim etildi.
Ushbu amaliy yordam yoshlarning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarning yaqqol ifodasi hisoblanadi.



