• Jum. Iyun 5th, 2026

5-may — “Kasb va mehnat kuni”

ByDoniyor Murodovich

May 7, 2026

Kasbiy mahorat va milliy qadriyatlar uyg‘unlashgan nufuzli tadbir doirasida, Kasbiy ta’lim agentligi tashabbusi bilan 5-may — “Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Kasblar festivali” yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Mazkur festival dasturidan o‘rin olgan “Osh chempionati”da Sirdaryo tuman 1-son texnikumining fidoyi va malakali xodimlari — B. Djalalov hamda T. Kasimovlar ham faol ishtirok etib, o‘zlarining kasbiy mahorati, milliy taom tayyorlashdagi tajribasi va oshpazlik san’atiga bo‘lgan yuksak e’tiborlarini namoyon etmoqdalar.

Ushbu ishtirok nafaqat texnikum jamoasining nufuzini oshirishga, balki milliy taomlarimizni keng targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida kasb-hunar va mehnatga bo‘lgan hurmatni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan