Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan:
— Zamonaviy pardalar tikish
— Payvandlovchi
— Kadrlar va maxsus ishlar bo‘yicha inspektor
— Avtomobillarni ta’mirlovchi chilangar
— Kompyuter grafikasi mutaxassisi
— Buxgalter (o‘rta malakali)
— Erkaklar sartaroshi
— Ayollar sartaroshi
— Santexnik-chilangar
Mazkur o‘quv kurslari orqali tinglovchilarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalar ham berilib, ularning bandligini ta’minlash hamda munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishiga ko‘maklashilmoqda.
Sirdaryo tuman Bandlik bo‘limi bilan hamkorlikda Sirdaryo tuman 1-son texnikumida kasbsiz aholini «Vaucher» asosida zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish bo‘yicha keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.
