• Dush. Okt 5th, 2026

🎓 Katta hayotga ilk qadam: Sirdaryo tumani 1-son texnikumida bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi!

ByDoniyor Murodovich

Iyul 7, 2026

Bugun Sirdaryo tumani 1-son texnikumida bitiruvchilar uchun unutilmas va quvonchli kun bo‘ldi.

Ta’lim muassasasida o‘quv dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Paxtakor MFY raisi, kasaba uyushmasi vakillari, o‘quvchilarning ota-onalari hamda hamkor korxonalar vakillari ishtirok etib, bitiruvchilarni ushbu quvonchli kun bilan samimiy muborakbod etdilar. Ular yosh mutaxassislarga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, kasbiy yuksalish va Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilish tilaklarini bildirdilar.

Tadbir davomida bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi hamda munosib mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar alohida ta’kidlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan