• Dush. Okt 5th, 2026

SIRDARYO TUMAN 1-SON TEXNIKUMI – VILOYAT BOSQICHI YETAKCHISI!

ByDoniyor Murodovich

Iyun 26, 2026

«Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari» Milliy kasbiy tanlovining viloyat bosqichida Sirdaryo tuman 1-son texnikumi jamoasi yuksak natijalarni qo‘lga kiritdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra:
🥇🥈 Payvandlash – «Metall konstruksiyalarni payvandlash texnologiyalari» kasbi bo‘yicha 1-o‘rin va 2-o‘rin;
🥇 Modalar texnologiyasi – «Kiyim tikish va moda dizayni» kasbi bo‘yicha 1-o‘rin;
🥇 Sartaroshlik – «Soch turmagi va go‘zallik san’ati» kasbi bo‘yicha 1-o‘rin;
🥈 Oshpazlik – «Oshpazlik san’ati va ovqat tayyorlash texnologiyalari» kasbi bo‘yicha 2-o‘rin.
Natijada texnikum 3 ta 1-o‘rin va 2 ta 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichida bunday natijaga erishgan yagona texnikum bo‘ldi.

Sirdaryo tumani ma’muriyati tanlov g‘oliblari, ularning ustozlari va ota-onalarini samimiy muborakbod etib, kelgusi bosqichlarda ham ulkan zafarlar tilaydi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan