• Sesh. Noy 24th, 2026

YOSHLAR O‘RTASIDA GIYOHVANDLIK VA NARKOJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISHGA QARATILGAN TADBIR O‘TKAZILDI

ByDoniyor Murodovich

Okt 14, 2026

Sirdaryo tuman 1-son texnikumida oktabr oyida o‘tkazilayotgan “Yoshlar orasida narkotiklarning tarqalishiga qarshi kurashish” oyligi doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir Prezidentimizning PF–207-son Farmoni bilan tasdiqlangan dastur ijrosini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida o‘tkazildi.

Unda Sirdaryo viloyati IIB JXX HPB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Salamatov Jamol Raxmonberdiyevich, Sirdaryo tuman IIB JXX boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik V. Jumabekov hamda katta inspektor-psixolog, katta leytenant O‘. Marupov ishtirok etdilar.

O‘quvchilarga giyohvandlikning salomatlik va kelajakka salbiy ta’siri, huquqiy oqibatlari tushuntirildi. Yoshlar zararli odatlardan yiroq bo‘lishga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga kasb va sport bilan shug‘ullanishga chaqirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan